Tabiat muvozanati, ekologiya va innovatsion yechimlar orqali barqaror rivojlanishga hissa qo‘shamiz.
Ko‘proq bilish
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch Davlat Universiteti, Ekologiya va Hayot Xavfsizligi Kafedrasi GIS Laboratoriyasi — O‘zbekiston Respublikasida geoinformatsion tizimlar (GIS) asosida ekologik monitoring, hududiy tahlil va barqaror rivojlanishga oid tadqiqotlarni olib borishga ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot tashkilotidir. Bizning maqsadimiz — ilmiy va texnologik yechimlar orqali barqaror atrof-muhit yaratish, biologik xilma-xillikni himoya qilish hamda talaba va mutaxassislar uchun amaliy tadqiqotlar imkoniyatini ta’minlash.
GIS laboratoriyasi universitetning ekologiya va hayot xavfsizligi sohalarida ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Laboratoriya geoinformatsion tizimlar (GIS), masofaviy kuzatuv, ekologik monitoring va axborot texnologiyalari orqali hududiy va ekologik ma’lumotlarni tahlil qiladi.
Termitlarning ijtimoiy tuzilishi va kommunikatsion mexanizmlarini o‘rganish.
GIS texnologiyalar orqali termitalarning hududiy tarqalishini xaritalash.
Ekologik xavfsiz va innovatsion termit nazorat usullarini ishlab chiqish.
Termitlar tanasida kasallik chaqiruvchi zamburug'dan tayyorlangan bo'lib atrof muhitdagi issiq-qonli organizmning jumladan inson uchun zararsiz hisoblanadi. Termitlarga qarshi kurashda samarali vositadir.
Loyiha rahbari, Biologiya fanlari nomzodi.
Loyiha Menejeri,
Muhandis-Dasturchi, AKT bo'yicha mutaxassis.
Termitalarning tarqalishini kuzatish uchun AI bilan boshqariladigan dronlar joriy etildi.
Ekologik nazorat va tuproq tahlili uchun zamonaviy laboratoriya faoliyat boshladi.
Markaz yangi xalqaro ilmiy loyihalar bilan hamkorlikda ishlashni boshladi.